09:09 / 24.07.2017
5810

Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosarining uyi yonida kuchli portlash yuz berdi

Foto: Twitter/@TOLOnews‏

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrining tumanlaridan birida avtomobilda harakatlangan xudkush terrorchi o‘zini o‘zi portlatdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Politsiyaning so‘zlariga ko‘ra, hodisa natijasida ko‘plab insonlar halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

O‘z navbatida TOLONews telekanalining tvitterda xabar berishicha, portlash Afg‘oniston bosh vazirining ikkinchi o‘rinbosari Muhammad Muhaqiqning uyiga yaqin yerda ro‘y bergan.

Avvalroq “Tolibon” yetakchisining o‘g‘li harbiylarga hujum chog‘ida o‘zini o‘zi portlatgani xabar berilgandi.

Top