10:16 / 24.07.2017
6862

Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosarining uyi yonidagi kuchli portlashda 20 dan ortiq inson halok bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida xudkush terrorchining Afg‘oniston bosh vaziri ikkinchi o‘rinbosari Muhammad Muhaqiqning uyi yonida o‘zini o‘zi portlatib yuborishi natijasida 20 dan ortiq inson halok bo‘ldi. Bu haqda TOLONews telekanali tvitterda xabar qilgan.

Pajhwok agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, portlash tufayli yana 22 kishi jarohat olgan.

Avvalroq Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosarining uyi yonida kuchli portlash yuz bergani xabar qilingandi.

Foto: Twitter/@TOLOnews‏
Foto: Twitter/@TOLOnews‏

Top