23:54 / 24.07.2017
6821

AQShda avtomobil odamlarni urib ketdi, qurbonlar bor

AQShning Janubiy Dakota shtatidagi shifoxonalardan birining yonida haydovchi avtomobilida odamlarni urib ketdi. Voqea oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, yana 8 kishi, jumladan haydovchi turli og‘irlikdagi jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan, deb xabar bermoqda Sioux City Journal nashri.

Shtat huquq-tartibot idoralari vakilining ma'lum qilishicha, haydovchi odamlarni tasodifan urib yuborgan. Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Mavzuga oid
Top