22:36 / 24.07.2017
5255

AQShda ishchi vizalarning tezkor ko‘rib chiqilishi tiklanishi mumkin

foto:RIA Novosti / Ilya Pitalev

AQSh mart oyida to‘xtatib qo‘yilgan, ishchi vizalarni tezkor ravishda ko‘rib chiqishni qayta yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda AQSh fuqarolik va immigratsiya xizmati matbuot-bayonotida aytilgan.

AQSh viza siyosatida o‘zgarishlar AQSh prezidenti etib Donald Tramp tayinlangandan keyin katta e'tibor jalb qilmoqda. Tramp AQSh immigratsiya mexanizmlarini bir necha bor tanqid qilgan. Uning fikricha, bu mexanizmlar amerikaliklarni ish o‘rinlaridan mahrum qilib, bu joylarni muhojirlarga beradi. Tramp prezidentligi vaqtida AQShda ishchi vizalarni berishda xizmat vakolatining suiste'mol qilinishiga qarshi kurash e'lon qilingan. Xususan, USCIS ushbu xizmatning xodimlari va ish beruvchilarni batafsilroq tekshirishni rejalashtirmoqda. 

24 iyuldan AQSh hukumati AQSh oliy ta'lim muassasalari hamda ta'lim va davlat tadqiqot dasturlari bilan bog‘liq nohukumat tashkilotlari taklif qiluvchi xorijiy ishchilarga H-1V ishchi vizalarini tezkorlik bilan ko‘rib chiqishni boshladi.

AQShda har bir moliyaviy yilda H-1V turidagi 65 mingta viza beriladi. Yana 20 mingta viza AQShda to‘liq oliy ma'lumot egallagan xorijliklar uchun zaxiralab qo‘yilgan.

H1-B vizalari AQShga immigratsiya qilishning asosiy yo‘llaridan biri hisoblanadi. Rasman bu vizalar AQShda bir necha yil ishlashni rejalashtirayotgan xorijliklarga mo‘ljallangan. Biroq ko‘p hollarda xorijlik ishchilar ish beruvchining qo‘llab-quvvatloviga ishonib, AQShda doimiy ishlash va ta'lim olishga  huquqni beruvchi grin-kartani olishga harakat qiladilar.

Mavzuga oid
Top