13:50 / 24.07.2017
15073

«Barselona» Neymarning talabini qondira olmaydi

«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ»ga o‘tishi oydinlashmoqda. Bu haqda Ispaniyadagi Sport nashri xabar tarqatdi.

Biroz avvalroq futbolchining otasi kataloniyaliklar klubi rahbariyati vakillari bilan uchrashgandi. U o‘z o‘g‘liga Parij klubidan taklif borligini tasdiqlagan, o‘g‘lining qarori moliyaviy shartlarga bog‘liq ekanini ma'lum qilgandi. 

«Barselona» futbolchisini 222 mln yevrodan kamiga sotmasligini ma'lum qilgan, uning shartnomasida aynan shuncha pul badal puli sifatida belgilangan.

Bundan tashqari, futbolchining otasiga ular Neymar qolsa ham uning maoshini ko‘tarib bera olmasliklarini ma'lum qilishgan.

Neymar bilan shartnoma yangilanib, shartnoma muddati 2021 yilgacha uzaytirilganida, yillik maosh miqdori 25 mln yevro etib belgilangandi.

Bu vaqtda 25 yoshli braziliyalik futbolchini 222 mln yevroga sotib olishga tayyor turgan parijliklar klubi unga yiliga 30 million yevro maosh to‘lashni nazarda tutuvchi 6 yillik shartnoma taklif etmoqda.

23 iyul kuni Neymar jamoadoshlari Lionel Messi va Luis Suares bilan suhbatdan keyin klubda qolishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo u o‘z qarindoshlari bilan suhbatdan keyin yana qarorini o‘zgartirgan.

Neymar «Barselona»ga o‘z shartini ma'lum qildi

Top