23:15 / 24.07.2017
10295

Xitoy qiruvchi samolyoti Amerika samolyotining yo‘nalishini o‘zgartirishiga majbur qildi

XXR harbiy havo kuchlarining J-10 qiruvchi samolyoti Janubiy Xitoy dengizida Amerika samolyotini iskanjaga olib, unga 90 metr masofagacha yaqinlashgan, deb xabar beradi Reyter Amerikaning nomini oshkor etmagan ikki mulozimiga asoslanib.

Hodisa yakshanba kuni ro‘y bergan. Agentlik suhbatdoshlarining aytishicha, dastlabki ma'lumotlar Xitoyning qiruvchi samolyoti Amerikaning EP-3 samolyotiga yaqinlashib, uning yo‘nalishini o‘zgartirishiga sabab bo‘lgan. Fox News telekanalining ma'lumotiga ko‘ra, voqea Shandong provinsiyasidagi Tsingdao port shahridan 90 dengiz milyasi uzoqlikda ro‘y bergan. Boshqa tafsilotlar ochiqlanmayapti.

Ilgari Xitoy bir necha bor AQShni Janubiy Xitoy dengizida harbiy aksiyalarni bas qilishga chaqirgan. Jumladan, Pekin Amerika eskadrali mina tushuvchi kemasi Xitoy o‘ziniki deb hisoblovchi Sisha bahsli orollari akvtoriyasiga kirishi munosabati AQShni o‘z sverenitetini qo‘pol buzganlikda ayblagan edi. O‘shanda TIV vakili Lu Kang XXR mamlakat xavfsizligini ta'minlash uchun barcha choralarni ko‘rishni o‘z zimmasiga olishini aytib o‘tgan edi.

«EP-3 razvedkachi samolyoti Janubiy Xitoy dengizidagi xalqaro suv havzasi uzra parvoz qilayotganida uni Xitoyning ikkita J-10 qiruvchisi iskanjaga olgan. Bu esa Xitoy harbiylari tomonidan shu paytgacha naoyish etib kelinayotgan normal va xavfsiz xatti-harakatlarga o‘xshamaydi», — degan brifingda Pentagon vakili Jyeff Devis.

Mavzuga oid
Top