08:11 / 24.07.2017
3983

Krasnoyarsk o‘lkasida 4 nafar bola yong‘in qurboni bo‘ldi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, Krasnoyarsk o‘lkasidagi noturar binoda yuz bergan yong‘inda 5 kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

«Tezkor ma'lumotlarga binoan, yong‘in 5 kishining yostig‘ini quritgan. Ulardan 4 nafari bolalardir. Hozircha, bu tergov idoralari tomonidan tasdiqlangani yo‘q», — deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha,yana bir bola is gazidan zaharlanish tashxisi bilan tuman markaziy shifoxonasiga keltirilgan. 

Ayni vaqtda tergov-tezkor guruhi yong‘in sababini aniqlamoqda. 

Top