13:19 / 24.07.2017
12453

MAK O‘zbekistonda ilk bor uchuvchilarni tayyorlaydi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi fuqarolik aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash kursini o‘tkazmoqda.

O‘zbekiston hukumati 2017 yilning 20 iyul kuni «Fuqarolik aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlashni tashkil etish choralari to‘g‘risida»gi qarorni chiqardi.

Qarorga ko‘ra, fuqarolik aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash bo‘yicha kurslar «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK «O‘quv-mashg‘ulot markazi» bazasida tashkil etiladi.

Hujjatda ta'kidlanishicha, oliy texnik ma'lumotga ega aviatsiya xodimlari ushbu kurslarda ishtirok etishi mumkin.

Top