18:50 / 24.07.2017
5353

Poroshenko Donbassga BMT tinchlikparvarlarini kiritishga chaqirdi

foto: president.gov.ua

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko «normand to‘rligi» yetakchilari bilan telefon orqali muloqotda Donbassga BMT tinchlikparvarlik missiyasini kiritishga chaqirdi. Bu haqda Ukraina rahbari saytida xabar berilgan.

«Pyotr Poroshenko Donbassga BMT tinchlikparvarlik missiyasini kiritish muhimligini ta'kidlab o‘tdi», - deyiladi xabarda.

Avvalroq Merkel va Makron Ukrainada yangi davlat tuzilishi haqidagi bayonotlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytishgani xabar qilingandi.

Top