19:16 / 24.07.2017
43767

Toshkent IIBB Do‘mbirobod qabristonidagi qabrtoshlar qulashiga doir xabarlarga oydinlik kiritdi

Foto: Facebook / Yelena Komissarova

2017 yil 22-23 iyul kunlari O‘zbekistonning qator internet saytlarida Chilonzor tumanida joylashgan Do‘mbirobod qabristonidagi qabrlar ustiga o‘rnatilgan yodgorlik toshlari noma'lum shaxslar tomonidan buzilganligi haqida maqola e'lon qilingan edi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ushbu holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasidagi xulosasini e'lon qildi. Unga ko‘ra, mazkur qabristonning 137-sonli xaritasi o‘rganib chiqilganda, qabrlarning ustiga singan daraxt shoxlari tushib, qabr toshlariga zarar yetkazganligi ma'lum bo‘ldi.

Holat bo‘yicha Chilonzor tumanida joylashgan 2-sonli Do‘mbirobod qabristoni direktori X.A.Nishonov, ushbu qabriston ishchilari O.C.Nuriddinov hamda R.D.Shermatovlarning tushuntirishlariga ko‘ra, joriy yilning bahor oylarida yuz bergan kuchli shamollar natijasida daraxtlar sinib qabr toshlari ustiga tushib, ularni sindirgan. Qabriston hududi katta bo‘lganligi sababli barcha xaritalarni tozalashga hamda ta'mirlashga ulgurish imkoni bo‘lmagan. Hozirgi kunda daraxtlarni butash va chiqindilarni tozalash ishlari olib borilayotganligi va ushbu obodonlashtirish ishlari yakuniga yetgandan so‘ng singan yodgorlik toshlari tiklanishi rejalashtirilganini ma'lum qildilar.

Top