15:56 / 25.07.2017
30560

Yangi transfer rekordi. «Real» Mbappe transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Madridning «Real» klubi «Monako» bilan hujum Kilian Mbappe transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, madridliklar futbolchi uchun 160 million yevro pul to‘laydi. Shuningdek yana 20 million yevroni «Monako» qo‘shimcha bonus sifatida qo‘lga kiritadi.

Boshqa manbalarda «Real» futbolchi uchun 150 million yevro va qo‘shimcha 30 million bonus berishi xabar qilingan.

Bu transfer orqali Mbappe dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylanishi mumkin. Hozirgi rekord fransiyalik boshqa bir futbolchi Pol Pogbaga tegishli bo‘lib, «Yuventus» uni «Manchester Yunayted»ga 105 (bonuslar bilan 110) million yevroga pullagandi.

«Real» va «Monako» transferlar shartlari bo‘yicha barcha hujjatlarni kelishib olgach, Mbappe Madrid klubi bilan olti yillik shartnomaga imzo chekadi. Uning yillik maoshi 7 million yevroni tashkil qiladi. Bu summani futbolchi barcha soliqlarni chiqarib tashlaganda qo‘lga kiritadi. Tomonlar transfer bo‘yicha barcha rasmiyatchiliklarni yaqin kunlarda tugatishni rejalashtirgan.

Mavzuga oid
Top