Agarda bugun isroillik harbiy xizmatchilar arzimagan bahonalar bilan Al-Aqso masjidi hududiga bostirib kirayotgan bo‘lsa, agarda u yerda musulmonlarning qoni osonlik bilan to‘kilayotgan bo‘lsa, demak biz Al-Qudsni yetarli darajada himoya qilmaganmiz, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Adolat va rivojlanish partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishida.
Davlat rahbarining fikricha, Isroil Al-Aqsoni musulmonlardan tortib olishga harakat qilmoqda.
«Isroil hozirda qilayotgan narsa – bu Al-Aqsoni musulmonlardan tortib olish harakatidir», - deya ta'kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an.