18:10 / 25.07.2017
6996

Google firmasiga qarshi chiqqanlar 1 mlrd dollarni boy berishdi

Bu yil Alphabet korporatsiyasiga qarshi pul tikish foyda bermadi. S3 Partners ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya aksiyalari bo‘yicha qisqa pozitsiyalarni ochgan treyderlar yil boshidan beri 1,1 mlrd dollarni yo‘qotishgan. Shu vaqt davomida kompaniya qimmatli qog‘ozlari 23 foizga qimmatlashgan. Shunga qaramay, birjalardagi qisqa muddatli savdogarlar taslim bo‘lishni xohlamayapti. 

O‘tgan haftada — Alphabet kompaniyasining ikkinchi chorak uchun hisobotini tayyorlash davomida uning qisqa pozitsiyalari hajmi 100 mln dollarga oshdi. Shu bilan Alphabet’ga qarshi stavkalar yil boshidan beri 39 foizga oshib, 1,5 mlrd dollarga yetdi. 

Bugungi savdolardan so‘ng, Alphabet hisobotini ommaga oshkor qiladi. 

Top