00:39 / 25.07.2017
29485

Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq yangi ma'lumotlar chop etildi

foto: REUTERS

AQSh milliy arxivi 24 iyulda AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining 1963 yilda o‘ldrilishi bilan bog‘liq 3,8 mingta hujjatni chop etdi. Ochiq foydalanishga KGBning sobiq agenti Yuriy Nosenko bilan intervyu ham qo‘yilgan.

"Maqolalar 3,81 mingta hujjatdan iborat bo‘lib, undan 441 tasi to‘liq maxfiylashtirilgan, yana 3,369 mingtasi kupyuralar bilan chop etilgan", deb aytilgan bayonotda. Ta'kidlanishicha, hammasi bo‘lib Kennedi o‘ldirilishi haqida arxivda saqlanuvchi 88 foiz hujjatlar oshkor etilgan. Yaqin orada bu ish bo‘yicha yangi ma'lumotlar chop etiladi.

Shuningdek, onlayn-foydalanishda AQShga 1964 yil yanvarda qochib ketgan, sobiq agent Nosenko bilan intervyu audioyozuvlari mavjud. "Nosenko KGB zobiti sifatida Li Xarvi Osvaldning 1959-1962 yillarda sobiq ittifoqda yashagan vaqtida unga ish olib borgan", deyilgan arxiv ma'lumotida. Rasmiy versiyaga ko‘ra, aynan Osvald Kennedi qotili hisoblanadi.

Milliy arxivda tushuntirilishicha, avval hujjatlarga kirish AQSh kongressi tomondan 1992 yilgi qonunga ko‘ra taqiqlangandi. Qonunga ko‘ra, federal idoralar Kennedi o‘ldirilishi tergovi bilan bog‘liq hujjatlarni milliy arxivlarga topshirishga majbur edilar. Kennedi o‘ldirilishiga qiziqishning avj olishiga 1991 yilda ekranlarga Oliver Stounning "Jyey.Ef.Key" filmi chiqishi sabab bo‘lgan. Film asosida Kennediga qarshi hukumatning til biriktirishi versiyasi yotgan.

O‘shanda "asr qotilligini" o‘rganish bo‘yicha mustaqil komissiya tashkil etilgan. Komissiyaning vazifasiga qanday hujjatlarni oshkor qilish mumkinligi, qandaylarini esa ularni yashirayotgan federal boshqarmalardan talab qilib, ularni arxivga topshirish kirgan. Milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan komissiya hujjatlar chop etilishini qoldirishga huquq olgan, biroq bu muddat 25 yildan o‘tib ketmasligi, ya'ni 2017 yilgacha amal qilishi kerak edi.   

Kennedi 1963 yil 22 noyabrda Dallasga safar davomida o‘ldirilgan. Qotillikning tergovi bilan shug‘ullangan AQSh oliy sudi vakili Erl Urren boshchiligidagi maxsus komissiya prezidentni Li Xarvi Osvald yakka o‘zi o‘ldirgani haqidagi xulosaga kelgan. Osvaldnig o‘zi Kennedi o‘limidan ikki kun o‘tgach otib tashlangan.

Mavzuga oid
Top