12:10 / 25.07.2017
6256

Qoraqalpog‘istonda chet el davlatlari investitsiyalari ishtirokida 15 dan ortiq korxonalar tashkil etilgan

Qoraqalpog‘istonda ro‘yxatga olingan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning asosiy ulushi Nukus shahri (18 ta), Qo‘ng‘irot (8 ta) va Xo‘jayli (7 ta) tumanlariga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi axborot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi Kruz.uz. 

Mazkur korxonalar turli sohalarda faoliyat yuritmoqda: farmatsevtika, xizmat ko‘rsatish, yengil sanoat, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, qurilish ishlari, oziq-ovqat sanoati, neft va gaz sanoati hamda boshqa sohalarda.

Bularda 3 mingga yaqin kishi ish bilan ta'minlangan bulib, 2016 yilda mazkur korxonalar tomonidan 1 970 mlrd. so‘mdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarilib, xizmatlar ko‘rsatilgan. Shundan amalga oshirilgan eksport hajmi 373,7 mln. dollarni tashkil etdi. 

Mazkur korxonalar dunyoning 15 dan ortiq chet el davlatlari investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan. Ular orasida Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Qozog‘iston va boshqa davlatlar bor. 

Bugungi kunda, chet el investitsiyalarini jalb qilish borasida Xitoydan investitsiyalarning hajmi ortib bormoqda.

Top