Oxirgi paytlarda Nukusdagi Markaziy dehqon bozorida bir kilogramm mol go‘shtining narxi 28-30 ming so‘mga chiqib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek ba'zi insonlar bozor rahbarlari 24 ming so‘mdan soting, degani uchun shoxobchalarini yopib qo‘yishgan ekan, degan mish-mishlar ham bo‘lgani haqiqat, deb yozadi Kruz.uz.
Nashr bu gaplarga aniqlik kiritish maqsadida Markaziy bozor rahbarlaridan ma'lumot oldi.
- Xalqqa sifatli go‘shtlarni naqd pul va plastik kartochkalarga har bir kilogrammini 24 mingdan sotmoqdamiz, - degan dehqon bozordagi yakka tadbirkor F.Avezov.
Nashr haqiqatdan ham bozorda mol go‘shti erkin turda bir kilogrammi 24 ming so‘mdan sotilayotganining guvohi bo‘lgan.