08:43 / 25.07.2017
7012

Oq uy: Tramp Rossiya, Eron va KXDRga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish niyatida emas

Foto: AP

Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning ma'lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya, Eron va KXDRga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni bekor qilish niyatida emas. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Prezident ushbu uch davlatga nisbatan sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlashi haqida aniq gapirdi. U ushbu sanksiyalarni bekor qilish niyatida emas, biroq amerikaliklar eng yaxshi kelishuvga erishishini kafolatlamoqchi», - dedi u.

Shu bilan birga, Sandersning qo‘shimcha qilishicha, kongress bu masalada yaxshi natijalarga erisha olmagan.

Avvalroq Tramp matbuot xizmatining yangi rahbari sanksiyalar bo‘yicha pozitsiyani noto‘g‘ri talqin qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top