21:35 / 25.07.2017
7731

Universal 2017 yilda dunyo prokatida birinchi bo‘lib 4 mlrd dollar yig‘a oldi

foto: slideplayer.com

AQShning Universal kinokompaniyasi 2017 yilda dunyo prokatida birinchi bo‘lib 4 mlrd dollar yig‘a oldi, deb xabar bermoqda The Wrap nashri. Kompaniya bunday natijaga o‘z tarixida ikkinchi marta erishdi.

Studiya eng ko‘p daromadni "Forsaj-8" (1,23 mlrd dollar) filmi evaziga oldi. Universal’ning pul yig‘ish bo‘yicha ikkinchi raqamli filmi "Men jirkanch-3" (732,5 mln dollar) animatsion filmi bo‘ldi. Ikkala film ham xorijiy prokatda katta muvaffaqiyat qozongan.

Studiyaga ichki prokatda muvaffaqiyatni "Nari tur" va "Split" kabi filmlar keltirdi: bu filmlarning umumiy byudjyeti 13,5 mln dollarni tashkil qilgan holda ular 313,5 mln dollarlik tushum keltirgan. Shuningdek, "50 ta tusga qorong‘iroq" filmi ham ichki prokatda yaxshi natija ko‘rsatgan, film 114,3 mln dollar yig‘a olgan. 

Mavzuga oid
Top