09:04 / 26.07.2017
13139

AQSh patrul kemasi Fors ko‘rfazida Eron kemasini o‘qqa tutdi

AQShning USS Thunderbolt patrul kemasi Fors ko‘rfazida Eron kemasini o‘qqa tutdi. AQSh kemasi Eron kemasiga 137 metr masofaga yaqinlashganiga javoban ogohlantiruvchi ko‘rinishda o‘q uzgan. Bu haqda amerikalik harbiylarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, Thunderbolt Eron kemasi bilan radio orqali bog‘lanishga harakat qilgan, biroq Eron kemasi aloqa o‘rnatishga urinishlarni e'tiborsiz qoldirgan. Shundan keyin AQSh patrul kemasi 0,50 (12,7 mm) kalibrli pulemyotdan ogohlantiruvchi o‘q uzishlar amalga oshirgan, deb ma'lum qildi Foxnews telekanali. 

Mavzuga oid
Top