13:22 / 26.07.2017
6867

Al-Qudsda to‘qnashuvlar yuz berdi, 13 falastinlik jarohat oldi

Foto: Anadolu

Isroil politsiyasi Al-Qudsdagi Al-Aqso masjidining Bob al-Asbat darvozasi yonida namoz o‘qiyotgan falastinliklarga qarshi kuch ishlatdi. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.

Politsiyachilar falastinliklarga qarshi rezina o‘qlar, shovqin granatalari va ko‘zdan yosh sizdiruvchi gazdan foydalanishgan.

Falastin Qizil yarim oy jamiyati 13 kishi jarohat olgani haqida xabar berdi

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, politsiya jurnalistlarga bosim o‘tkazib, voqea joyida suratga olishni taqiqlab qo‘ygan. Shu bilan birga, fotomuxbirlardan biri kaltaklandi va qo‘lga olindi.

Top