23:40 / 26.07.2017
9516

Ikki displeyli Meizu Pro 7 va 7 Plus smartfonlari taqdim etildi

Orqasida qo‘shimcha sensorli displey, ikkita yonma-yon kamera va musiqali chipga ega Meizu Pro 7 va 7 Plus flagman smartfonlari taqdim etildi.

Pro 7 va 7 Plus’ning asosiy xususiyati shundaki, ularning orqa panelida rangli sensorli displey mavjud. Uning diagonali 1,9 dyuym bo‘lib, 240 × 536 pikselli ko‘rsatish qobiliyatiga ega. Displeyda vaqt, eslatmalar, treklarning nomlari va boshqa qo‘shimcha ma'lumotlar aks etadi. Yana u asosiy kameraga selfi qilishda yordam beradi.

Ikkala model ham 12 Mp li yonma-yon kameralar bilan jihozlangan. Smartfonlar orqa planni yoyish bilan suratga olishga qodir. Old kamera 16 Mp ga ega. 

Smartfonning korpusi metalldan ishlangan. Barmoq izlarining skaneri displey tagida mTouch tugmasiga o‘rnatilgan. Musiqa shaydolari uchun ichki kuchaytirgichlarga ega CS43130 Master HIFI chipi o‘rnatilgan. Smartfonlarda quloqchinlar uchun 3,5-millimetrli raz'yom mavjud.

Smartfonlar bir-biridan o‘lchamlari, displeylari ko‘rsatish qobiliyati, protsessorlari va xotira hajmilari bilan farqlanadi. Ikkala smartfon ham tez quvvatlovchi mCharge quvvatlagichi bilan jihozlangan: Pro 7 50 foizga 30 daqiqada, Pro 7 Plus esa 20 daqiqada quvvatlanadi.

Pro 7 Xitoyda 2 799 yuan, Pro 7 Plus esa 3 799 yuan turadi.

Mavzuga oid
Top