23:47 / 26.07.2017
6158

Italiya A seriyasining yangi mavsumiga qur'a tashlandi

Italiya A seriyasining 2017/18 yilgi mavsumi uchun qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra jamoalar birinchi turda o‘z raqiblarini bilib olishdi, deb yozmoqda Football Italia.

A Seriyaning yangi mavsumi dastlabki turida mamlakatning amaldagi chempioni «Yuventus» o‘z uyida «Kalyari»ni qabul qilsa, «Roma» «Atalanta» mehmoni bo‘ladi, «Milan» esa «Krotone» mehmoni bo‘ladi, «Inter» esa turning markaziy uchrashuvida «Fiorentina» bilan kuch sinashadi.

Italiya A seriyasining 1-turi to‘liq juftliklari:

«Atalanta» — «Roma»
«Bolonya» — «Torino»
«Krotone» — «Milan»
«Verona» — «Napoli»
«Inter» — «Fiorentina»
«Yuventus» — «Kalyari»
«Latsio» — SPAL
«Sampdoriya» — «Benevento»
«Sassuolo» — «Jyenoa»
«Udineze» — «Kevo».

Mavzuga oid
Top