10:10 / 26.07.2017
8445

OAV: olmaxon 45 mingdan ortiq aholini elektr manbaidan mahrum qildi

Illyustrativ foto

Kaliforniyaning San-Diyego shahrida istiqomat qiluvchi 45,5 ming fuqaro olmaxon tufayli elektr energiyasiz qoldi, deb xabar qilmoqda CBS8 telekanali.

Xabarlarga ko‘ra, hodisa yakshanba kuni kunduzi ro‘y bergan. Aholi turar-joylari, maktablar va korxonalarning elektr manbaidan uzilishiga, elektr uzatish liniyasiga tegib ketgan olmaxon sabab bo‘lgan. 

Ta'kidlanishicha, ishchilar bir soatlardan so‘ng, shahardagi energiya ta'minotini to‘liq tiklashgan. 

Top