15:10 / 26.07.2017
164560

Ozodbek Nazarbekov «Yoshlar» telekanali direktorligidan ketdi

«Yoshlar» teleradiokanaliga Madamin Safarov direktor etib tayinlandi.

Madamin Safarov bungacha «Toshkent» telekanali direktori sifatida ishlagan.

«Kun» manbasining xabar berishicha, Ozodbek Nazarbekov o‘z ixtiyori bilan ushbu lavozimdan ketgan. Xonanda ham telekanalda faoliyatini davom ettiradi, u telekanalda bosh prodyuserlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy oxirida prezident O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovni «Yoshlar» teleradiokanali direktori etib tayinlagan edi.

Ozodbek Nazarbekov: «Yoshlar» telekanalida tez orada katta o‘zgarishlar yuz beradi

Top