07:50 / 26.07.2017
8384

Putin va Iroq vitse-prezidenti Iroqqa tanklar yetkazib berilishini muhokama qilishdi  

Foto: Twitter

25 iyulda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Iroq vitse-prezidenti Nuri al-Malikiy o‘rtasida o‘tgan muzokaralarda Iroqqa T-90 tanklarini yetkazib berish masalasi muhokama qilindi. 

Bu haqda jurnalistlarga Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati rahbari Dmitriy Shugayev ma'lum qildi.

"Mavzuga to‘xtalib o‘tildi. Barcha mavzular ko‘rib chiqildi", deb aytgan Shugayev. Biroq shu bilan birga Shugayev tanklar yetkazib berish haqida biror qaror qabul qilingani haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi. "Bizda o‘z rejasi bo‘yicha ishlaydigan hukumatlararo komissiya mavjud. Tanklar yetkazib berilishi bo‘yicha biror bir detalga, miqdor bo‘yicha savollarga izoh bermayman", deb aytgan Shugayev.

Uning aytishicha, muzokaralarda "mavjud shartnomalar bajarilishining joriy holati" muhokama qilingan. "Shu bilan bog‘liq holda harbiy-texnik sohadagi o‘zaro munosabatlarda doimo mavjud bo‘ladigan muammolarni hal qilishni maqsad qilib qo‘ydik, bu hal qilib bo‘lmaydigan muammolar emas", deb qo‘shimcha qilgan Shugayev.  

Shugayev, shuningdek Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Anqara va Moskva Rossiyaning S-400 tizimlarini Turkiyaga yetkazib berish bo‘yicha aniq shartnomalar imzolagani haqida OAVda paydo bo‘lgan bayonotiga izoh bermagan.

Mavzuga oid
Top