10:15 / 26.07.2017
14726

«Real» Mbappeni sotib olishi uchun to‘siq paydo bo‘ldi

«Monako» hujumchisi Kilian Mbappening «Real»ga transferi amalga oshmay qolishi mumkin. Bu haqda Yevropaning bir qator nashrlari xabar tarqatgan.

Cadena Ser radiosi bergan xabarga ko‘ra, «Monako» Mbappe uchun so‘rayotgan pulni «Real» bugungi Ispaniya futboli sharoitida to‘lay olmaydi. Buning uchun jamoa VVS‘dan (Benzema-Beyl-Krishtianu Ronaldu) birini sotishiga to‘g‘ri keladi. Bu katta ehtimol bilan Garet Beyl bo‘lishi kerak.

Biroz muqaddam uelslik futbolchiga «Manchester Yunayted» qiziqqani xabar qilingan, lekin keyinroq bosh murabbiy Joze Mourino bu xabarlarni inkor qilib chiqqandi.

Mavzuga oid
Top