12:41 / 26.07.2017
8259

Rossiyaning Saratov viloyatida 5 nafar o‘zbekistonlik fuqaro YTH oqibatida jarohat oldi

Foto: 4vsar.ru

O‘zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasi Rossiya FVV ma'lumotlariga asoslanib xabar qilishicha, 2017 yilning 25 iyul kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 16:00da Saratov viloyatining Ozinsk tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida 9 kishi shikastlangan. 

Ulardan 5 nafari O‘zbekiston, 4 nafari Rossiya fuqarolari. “Lada-Largus” va “Ford Mondeo” avtomobillari to‘qnashgan. O‘zbekiston fuqarolari “Lada-Largus”da bo‘lgan va o‘rtacha og‘irlikda jarohat (lat yeyish va sinish) olgan.

Barcha jarohat olganlar Ozinsk klinik kasalxonasiga yetkazildi. O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatish maqsadida elchixonaning konsullik bo‘limi zudlik bilan Rossiya FVV bilan bog‘lanib, jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risida ma'lumot oldi:

1. Madragimov Mahamadali Rayimberdiyevich, 08.12.1970y.da Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan.

2. Qurbonov Sirojiddin Fayzullo o‘g‘li, 17.05.1995y.da Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan.

3. Xolmatov Abdujabbor Toshtemirovich, 18.06.1965y.da Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan.

4. Sodiqov Mirjalol Egamberdiyevich, 22.10.1988y.da Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan.

5. Badalov Jamshidbek Husanboy o‘g‘li, 20.05.1991y.da Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan.

Ushbu fuqarolarning yaqinlari ularning holati to‘g‘risida Rossiya FVVning +7 937-639-01-43 raqami oraqli ma'lumot olishlari mumkin.

Mazkur holat O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi nazorati ostiga olingan.

Mavzuga oid
Top