10:28 / 26.07.2017
5771

“O‘zgeorangmetliti” DUK Davlat geologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 24 iyul kuni “O‘zgeorangmetliti” DUKni Davlat arxitektura qo‘mitasidan Davlat geologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazdi.

O‘zbekiston rahbari “Rudali foydali qazilma konlarini sanoatda o‘zlashtirish sohasida ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv ishlarini boshqarishni takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qaror bilan “O‘zgeorangmetliti” DUKning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari tasdiqlandi.

Korxona tog‘-kon va metall sanoati obektlari uchun rudali foydali qazilmalarni, birinchi navbatda, qimmatbaho va rangli metallar, shuningdek, uranni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha loyihadan avvalgi va loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. 

“O‘zgeorangmetliti” DUK murakkab tog‘-geologiya sharoitlariga ega konlarni jahon ilm-fani va amaliyoti muvaffaqiyatlarini tahlil qilish asosida kompleks o‘zlashtirish sohasida samarali loyiha qarorlarini ishlab chiqadi.

Korxona mineral xomashyoni qazib olish va kompleks qayta ishlash texnologiyasi sohasida amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi.

Top