08:53 / 27.07.2017
6991

AQSh senatorlari Rossiya, Eron va KXDRga qarshi yangi sanksiyalar bo‘yicha kelishuvga erishishdi

Amerikalik senatorlar Rossiya, Eron va KXDRga qarshi yangi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Respublikachi senator Bob Korkerning bildirishicha, senat yangi sanksiyalar to‘plamini shu haftadayoq qabul qiladi. Aniqlik kiritilishicha, gap olti hafta avval kongressning vakillari palatasi tomonidan qabul qilingan qonun loyihasi haqida bormoqda.

Shu bilan birga, vakillar palatasi kuni kecha tasdiqlagan yana bir qonun loyihasi ham senat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kutilmoqda. Shu tariqa, agentlikning ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp yangi sanksiyalar kiritilishiga veto qo‘ya olmaydi.

Top