10:09 / 27.07.2017
14945

«Barselona» «MYu»ni yengdi, yana Neymar o‘yin qahramoni

International Champions Cup turniri doirasida «Barselona» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Ernesto Valverde shogirdlari ushbu bahsda kichik hisobda g‘alaba qozonishdi. 

O‘yinning 31-daqiqasida Neymar urgan gol «Barselona»ga g‘alaba keltirdi. Ushbu g‘alabadan keyin kataloniyaliklar Xalqaro chempionlar kubogining AQShda o‘tayotgan guruhida peshqadam bo‘lib olishgan. Joze Mourino shogirdlari esa Shimoliy Amerika bo‘ylab o‘tkazayotgan turnesida ilk marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishdi.

30 iyul kuni «qizil iblislar» «Volerenga» bilan o‘ynaydi, kataloniyaliklar esa shu kuni «Real» bilan uchrashadi.

International Champions Cup
«Barselona» – «Manchester Yunayted» 1:0 (1:0)
Gol: 1:0 – 31 Neymar. 
«Barselona» – Sillessen, Umtiti (Vermalen, 46), Alba (Din, 46), Nelson Semedu (Aleish Vidal, 46), Buskets (Serdji Roberto, 46; Serji Samper, 85), Rakitich (Denis Suares, 46), Maskerano (Pike, 46), Alenya (Inesta, 46), Neymar (Munir, 46), Messi (Turan, 46), Suares (Pako Alkaser, 46).
«Manchester Yunayted» – De Xea (Romero, 46), Smolling (Jons, 46), Lindelef (Bayi, 46), Blind (Darmian, 46), Valensiya (Tuanzebe, 84), Pogba, Kerrik (Fellayni, 46), Lingard (Marsyal, 62), Mxitaryan (Pereyra, 62), Reshford, Lukaku.
Ogohlantirish: Fellayni (83).

Top