10:25 / 27.07.2017
10343

Bekobod shahrida 18 yoshli yigit 9-sinf bitiruvchini urib, og‘ir tan jarohati yetkazdi

Jinoyatlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi davrda voyaga yetmagan yoshlar tomonidan ham og‘ir turdagi jinoyatlarni sodir etish holatlar kuzatilayotgani sir emas. Hech bir farzand ota-onasidan ichuvchi yoki chekuvchi, jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi. Ko‘p hollarda oilaviy muhit ham sabab bo‘lishi mumkin.

Toshkent viloyati IIBning xabar qilishicha, Bekobod shahrida joriy yilning 7 iyul kuni soat 11.00 da Bekobod shahrida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1999 yilda tug‘ilgan Sh.S. Bekobod shahar dexqon bozorida o‘zaro janjallashib, voyaga yetmagan 9-sinf bitiruvchisi 2002 yilda tug‘ilgan B.R.ning bosh qismiga qo‘li bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. Natijada B.R. og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, Bekobod shahrida 16 iyul kuni soat 07.45 da markaziy shifoxonadan tushgan xabarga ko‘ra, Bekobod shahrida yashovchi vaqtincha ishsiz 1994 yilda tug‘ilgan Sh.O. chap chakka, chap yonoq sohasi, chap tirsak sohalari yumshoq to‘qimasi lat yeyishi va shilinmalari tashxisi bilan murojaat qilganligi ma'lum bo‘ldi.

Ushbu holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida 15 iyul kuni soat 22.30 larda, Bekobod shahrida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1987 yilda tug‘ilgan A.A. Bekobod shahri 13-dahada joylashgan 72- va 69-sonli ko‘p qavatli uylar orasida Sh.O. bilan o‘zaro janjallashib, janjal natijasida Sh.O.ni qo‘li bilan urib, unga tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu holatlar yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top