12:18 / 27.07.2017
14285

Buxoroda ko‘plab o‘g‘irliklar sodir etgan jinoiy guruh ushlandi

Buxoro tumanida yashovchi O.Ramazonovning yashash xonadonidan bir dona ko‘kimtir rangli velosipedini va bir dona qora rangli “Nokia” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlab, boshqa bir fuqaroga 150.000 so‘mga sotayotgan vaqtda, fuqarolar Qayumov Zayniddin Sayfulloyevich, Xolov Murodjon Temirovich va Isanov Maqsud Muxammadovichlar ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. 

Bundan tashkari, ushbu guruh bilan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, guruh tomonidan bir nechta o‘g‘irlik jinoyati sodir qilingani aniqlandi.

Jumladan, Buxoro tuman “Rabotiqalmoq” MFY hududida joylashgan  bolalar o‘yingohi oldida turgan fuqaro Hamroyev Mirzo Murodovichga tegishli bo‘lgan bahosi 570.000 so‘mlik velosiped; 

- Kogon tuman “Kogon” MFY Uyrot ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning zinapoyasidan fuqaro Bo‘ronov O‘lmas Suvonovichga tegishli bahosi 200.970 so‘mlik tilla rangli velosiped; 

- Buxoro shahar Tomirbog‘i qishlog‘ida yashovchi fuqaro Jo‘rayev Bo‘ron Bo‘riyevichga tegishli bir dona velosiped, bolgarka hamda payvandlash apparati; 

- Buxoro tuman “Zarmanoq” MFY Xo‘jahayron qishlog‘ida joylashgan fuqaro Muqimova Shahodat Soliyevnaning bahosi 500.000 so‘mlik “Belorus” rusumli velosiped;

- Buxoro tumani “Amirobod-Guliston” MFY Afg‘onon qishlog‘idagi “Odilbek Obod Baraka” fermer xo‘jaligi rahbari Rajabov Olim Soliyevichga tegishli har birining bahosi 250.000 so‘mdan bo‘lgan jami 4 bosh qo‘zichoq;

- Kogon tuman “Tuniroq” MFY Yag‘lov qishlog‘ida yashovchi fuqaro Ma'murov Bahodir Po‘lotovichga tegishli bo‘lgan  bahosi 530.000 so‘mlik ko‘k rangli velosiped;

- Buxoro tuman “Kulonxona” MFY Kulonxona qishlog‘ida joylashgan fuqaro Ramazonov Obid Olimovichga tegishli 300.000 so‘mlik velosipedni va bahosi 200.000 so‘mlik bo‘lgan NOKIA rusumli qo‘l telefoni yashirin ravishda talon-taroj qilingan.

Jinoiy guruh a'zolari bilan olib borilgan surushtiruv ishlari davomida ulardan jami 6 dona velosiped, bir dona elektr bolgarka, bir dona “Resanta” rusumli elektr payvandlash apparatlari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Top