18:40 / 27.07.2017
20484

G‘azabini jilovlay olmagan ota o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi

20 iyul kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida mudhish jinoyat sodir etildi. Viloyat IIBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilinishicha, 20 iyul kuni soat 05:30 larda Zangiota tumanida yashovchi nafaqaxo‘r Abduxalil Temirbekov uyi hammomida o‘g‘li bilan o‘zaro janjallashib qolgan. 1982 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Abdumajid Temirbekov ham otasi bilan bir uyda yashagan.

Jahl otiga mingan Abduxalil Temirbekov o‘g‘li Abdumajid Temirbekovning bo‘ynidan sochiq bilan bo‘g‘ib, o‘ldirgan.

Sud tibbiy ekspertizasining 20 iyul kunidagi xulosasiga ko‘ra, Abdumajid Temirbekovning o‘limiga bo‘yin a'zolarini o‘tmas yumshoq jism bilan bo‘g‘ilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan. 

Toshkent viloyati Prokuraturasi mazkur qotillik yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Abduxalil Temirbekov ushlanib, tergov ishlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid
Top