18:00 / 27.07.2017
17211

Istanbul aeroportida ikkita samolyot to‘qnashib ketdi

Otaturk nomidagi Istanbul xalqaro aeroportidagi uchish-qo‘nish yo‘lagida ikkita yo‘lovchi samolyotining to‘qnashuvi yuz berdi. Bu haqda Posta nashri xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, Oqtauga reysni amalga oshirayotgan Qozog‘istonning Scat Airlines aviakompaniyasi samolyoti Turkish Airlines’ning Boeing 777 samolyoti orqa qismiga tekib ketgan. 

Boeing bortida bo‘lgan yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi. Ular Taybeyga boshqa reys bilan jo‘nab ketishgan.

Top