18:10 / 27.07.2017
18686

Toshkent viloyatida bankning soxta xodimi o‘zgalarning katta miqdordagi pulini o‘mardi

Joriy yilning 1 iyul kunidan 5 iyul kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki O‘rtachirchiq tumani shoxobchasida g‘aroyib jinoyat sodir etilgan. O‘zini ushbu bankning xodimi deb tanishtirgan firibgar shu tumanda yashovchi Ravshan Karimjonov o‘zganing mulkini o‘zlashtirish maqsadida jinoiy ishga qo‘lga urib, o‘zgalarning katta miqdordagi pul mablag‘larini yashirin ravishda o‘margan. 

Toshkent viloyati IIB matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, u kompyuter texnikalaridan foydalanib, bank mijozlarining plastik kartochkalarini kompyuter dasturi orqali o‘z telefon raqamiga ulagan. 

Shu yo‘l bilan O‘rtachirchiq tumanida yashovchi R.B. plastik kartochkasidagi 7 mln 300 ming so‘m; A.B. kartochkasidagi 1 mln so‘m; U.R.ning 1 mln 500 ming so‘m; Sh.B.ning 2 mln 200 ming so‘m; X.Ya.ning 371 ming 200 so‘m pulini o‘zlashtirgan. Bunda u jinoiy sxema tuzib, pullarni tanishi Abdullaxo‘ja Toshxo‘jayev nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartochkaga tushirib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Top