23:21 / 27.07.2017
8935

Wikileaks MRBning kiberjosuslik vositalari haqidagi maxfiy hujjatlarni chop etdi

foto: AP Photo / Pablo Martinez Monsivais

WikiLeaks portali 27 iyulda Vault 7 loyihasi doirasida Markaziy razvedka boshqarmasining navbatdagi maxfiy hujjatlarini chop etdi. Yangi paketda boshqarma tomonidan qo‘llangan kiberjosuslik vositalarining ishlashi ta'riflangan.

Dasturlar Imperial loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Ulardan biri Achilles dasturi bo‘lib, u xakerlarga operatsion tizim diski obraziga kirish imkonini beradi. Ikkinchi vosita Aeris deb nomlangan bo‘lib, kompyuterdan ma'lumotlarni chiqarish uchun mo‘ljallangan. Uchinchi dastur SeaPea esa buzib kirilgan kompyuterdan ma'lumotlar uzatiladigan ulanishlarni yashirish uchun xizmat qiladi.

WikiLeaks MRB hujjatlarining birinchi qismini 7 mart kuni chop etgan. O‘shanda bu maqolalar boshqarmaning maxfiy hujjatlarining eng yirik sizib chiqishi bo‘lishi aytilgandi. Bu maxfiy hujjatlar MRBning Lenglidagi bosh qarorgohida joylashgan, kiberrazvedka markazining ichki tarmog‘ida saqlangan 8,7 mingdan ko‘proq hujjat va fayllarni o‘z ichiga oladi.

Top