12:44 / 28.07.2017
19165

19 kishini o‘ldirgan shaxs o‘lim jazosiga mahkum etildi

Foto: AFP

Xitoyning Yunnan viloyatidagi Tsyuytszin shahar okrugi o‘rta pog‘onadagi xalq sudi juma kuni 2016 yilning sentabrida 19 kishini o‘ldirgan shaxsni o‘lim jazosiga mahkum etdi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi xabar bergan.

Huquqni muhofaza qilish idoralari ma'lumotiga ko‘ra, 28 sentabr kuni 28 yoshli Yan Tsinpey Xueytsze uyezdidagi qishloqda yashovchi ota-onasining oldiga kelib, ulardan pul so‘ragan. Shu sababdan mojaro kelib chiqqan, hamda Yan otasi va onasini o‘ldirgan. Keyin u jinoyati oshkor bo‘lishidan qo‘rqqan. O‘shanda u 17 nafar qo‘shnisini o‘ldirish haqida qaror qabul qilgan. 

Jinoyat ikki kunning ichida fosh etilgan, jinoyatchi Kunmin shahrida hibsga olingan, shundan so‘ng u o‘z aybini tan oldi.

Ta'kidlanishicha, Yan Tsinpey apellyatsiya berish niyatida emas.

Mavzuga oid
Top