09:56 / 28.07.2017
14738

Arab koalitsiyasi Yamandan Makkaga qarata uchirilgan raketani urib tushirdi

Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi harbiy koalitsiya musulmonlar uchun eng muqaddas shahar – Makkai Mukarramaga uchirilgan raketani urib tushirdi. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, raketa Yaman hududidan uchirilgan va shahardan 69 km janubroqda urib tushirilgan. Koalitsiya mazkur hujumni "husiylarning haj ibodatini amalga oshirishga to‘sqinlik qilishga urinish sifatida baholadi. U bu yil 30 avgustdan boshlanadi".

2014 yil avgustidan Yamanda hukumat kuchlari va isyonchi husiylar o‘rtasida qurolli qarama-qarshilik davom etib kelmoqda. 2015 yil martida Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi arab koalitsiyasining Yamanga bostirib kirishi bilan ziddiyat kuchaydi. Yaman huquq va taraqqiyot markaziga ko‘ra, 2015 yil bahoridan mamlakatda 10 mingdan ortiq tinch aholi vakillari qurbon bo‘lgan. Ularning 2,4 minggi bolalar, 2 mingga yaqini ayollardir. 

Mavzuga oid
Top