19:15 / 28.07.2017
5477

YeIning sherik davlatlari Qrimga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

Foto: Viktor Korotayev / «Kommersant'»

Yevroittifoqning qator sherik davlatlari Qrimga nisbatan cheklov choralarini uzaytirdi. Bu haqda YeI diplomatiya rahbari Federiki Mogerinining bayonotida aytiladi.

"Nomzod davlatlar Chernogoriya va Albaniya, Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi a'zosi Norvegiya, Ukraina va Gruziya Kengashning qaroriga qo‘shildi. YeI bu majburiyatni inobatga olmoqda va ularni olqishlaydi", - deya ta'kidlanadi unda.

19 iyun kuni YeI Kengashi Qrim va Sevastopolga nisbatan taqiqlov choralarini yana 12 oyga – 2018 yilning 23 iyunga qadar uzaytirdi. 

Sanktsiya YeIga Qrimning istalgan mahsulotlari olib kirilishi, Qrim hududida Yevropa sarmoyalariga taqiqni o‘z ichiga oladi. Yevropa kemalariga ham Qrim portlariga kirish taqiqlandi.

Mavzuga oid
Top