21:25 / 28.07.2017
13756

Forbes Mark Tsukerbergning eng boy kishilar ro‘yxatidagi o‘rnini ma'lum qildi

Foto: Reuters

Facebook asoschisi Mark Tsukerbergning sarmoyasi 27 iyul kuni 3,8 mlrd dollarga oshdi va u Forbes talqini bo‘yicha yer yuzining eng boy kishilari ro‘yxatida beshinchi o‘rinni qayd etdi. Tsukerberg bu bilan meksikalik biznesmen Karlos Slimni ortda qoldirgan.

Forbes ma'lumotiga ko‘ra, Tsukerbergning shaxsiy boyligi 71, 7 mlrd dollarga yetgan. 27 iyuldagi savdolarda Facebook kompaniyasi aksiyalari ikkinchi kvartal bo‘yicha 5 foizga qimmatlashgan.

Kompaniyaning 2017 yil birinchi yarmidagi sof daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 baravarga oshgan va 6,959 mlrd dollarni tashkil etgan.

Natijada Tsukerberg meksikalik biznesmen Karlos Slimni oltinchi o‘ringa tushib qolishiga sababchi bo‘lgan. Ayni paytda meksikalikning sarmoyasi 68,7 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

Mavzuga oid
Top