19:20 / 28.07.2017
12328

O‘zbekiston Xitoyga yangi elchi tayinladi

O‘zbekiston Xitoyga yangi elchi tayinlandi. Bu O‘zbekiston TIV rasmiy saytida xabar qilingan.

«Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi», — deyiladi xabarda.

Baxtiyor Saidov 2016 yil yanvaridan buyon «O‘zbekengilsanoat» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari — bosh menejyeri bo‘lib ishlab kelyotgandi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari keyingi vaqtlarda mustahkamlanmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning may oyida Xitoyga tashrifi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida energetika, neftni qayta ishlash, elektrostansiyalarni zamonaviylashtirish, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati, transport kommunikatsiyalari va boshqa sohalarga oid hujjatlar imzolangan. Ikki mamlakat tashqi savdo hajmini 10 mlrd dollardan oshirishga kelishib olgan.

Top