09:32 / 28.07.2017
10657

Video: Mask mashinalar uchun ilk yerosti liftini namoyish qildi

Internet tarmog‘ida avtomobillarning maxsus liftlarda The Boring Company yer osti tunnellariga tushishi haqida tasavvur uyg‘otuvchi, kompyuter grafikasi yordamida ishlangan video paydo bo‘lgan edi. Ammo, u haqiqiy mashinalar yordamida amalga oshirilsa, yanada ta'sirchan va ishonchliroq chiqadi. Bu qoidaga rioya qilgan Ilon Mask o‘zining Instagram sahifasida yangi Tesla’ni yer ostiga olib tushayotgan lift videosini joyladi.

Lift avtomobilni tunnelga olib tushgach, mashina o‘ziyurar elektr platformaga o‘tkaziladi. Platforma mashinani bir necha daqiqada belgilangan manzilga yetkazadi. Shundan so‘ng, boshqa bir lift uni yo‘lovchilari bilan birga yer ustiga olib chiqadi. Birinchi ishlaydigan haqiqiy lift namoyishidan keyin bu g‘oyaga bo‘lgan ishonchsizlik birmuncha yo‘qoldi, deyish mumkin.

Mask o‘tgan yilning qish oylarida yo‘llardagi tirbandliklar muammosini yer ostida tunnellar kovlash g‘oyasi bilan hal etish fikrini ilgari surgan edi. Bahorga kelib ayni tunnellar kovlana boshlandi. Keyinchalik, u bu tizimlarni Hyperloop transport tizimiga ulash kerak, degan to‘xtamga keldi.

Ayni vaqtda kompaniya ishlarni davom ettirishga hozirlik ko‘rmoqda, Maskning o‘zi barcha qog‘ozbozlik ishlari bilan shug‘ullanmoqda. 

Mavzuga oid
Top