23:30 / 28.07.2017
14176

JARda imo-ishoralar tiliga davlat tili maqomi berilishi mumkin

Foto: RIA Novosti / Yuriy Somov

Kar va soqovlar so‘zlashadigan imo-ishoralar tili JARdagi o‘n ikkinchi davlat tiliga aylanishi mumkin, deb xabar beradi Bi-bi-si telekanali. Janubiy Afrika Respublikasining konstitutsiyasini o‘zgartirish parlament qo‘mitasi tegishli taklifni ishlab chiqqan, deb yozadi RIA Novosti.

«Bu imo-ishoralar tilini maktabdan boshlab o‘rganish, davlat idoralari esa gung va karlar bilan muloqot qilish uchun xodimlarni yollashda qo‘l keladi», — deya JAR tillar kengashi raisi Sibusiso Nkosidan iqtibos keltirmoqda mahalliy OAV.

Bi-bi-si telekanalining ma'lumot berishicha, imo-ishoralar tiliga davlat maqomi berilganligi konstitutsiyada mustahkamlanib qo‘yilishi kerak.

JARda imo-ishoralar tili davlat tili deb qabul qilinishi bo‘yicha munozaralar 2007 yilda kar va sovqovlarning bir necha assotsiatsiyasi birgalikda norozilik uyushtirganidan so‘ng boshlangan edi. Hujjatga ko‘ra, mamlakatda millionlab insonlar «muloqot qilish usuli mavjud bo‘lmagani sababli» tovarlar va xizmatlarni xarid qilishda istagini ko‘ngildagidek tushuntira olmaydi.

Imo-ishoralar tilini davlat tili sifatida qabul qilgan ilk davlat Uganda bo‘lgan. Afrika davlatlari ichida imo-ishoralar tili Zimbabveda ham davlat tili sanaladi, bundan tashqari, Keniyada ham bu tildan foydalanish rag‘batlantirilishi mamlakat konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan.

Mavzuga oid
Top