09:40 / 29.07.2017
16203

AQSh Rossiyaning amerikalik diplomatlarga qarshi choralaridan norozilik bildirdi

Foto: Getty Images

Vashington Rossiyadagi amerikalik diplomatlar va Amerika diplomatik inshootlariga nisbatan qo‘llaydigan choralari yuzasidan Moskvaga norozilik bildirdi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Hezer Nauert TASSga ma'lum qildi. 

"Biz jiddiy afsusda ekanimizni izhor qilib, protest bildirdik. Davlat kotibi Tillerson Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov bilan telefon orqali suhbatlashdi. Elchi Tefft esa Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ryabkov bilan uchrashdi", - degan Nauert.

AQSh tashqi siyosat mahkamasi Tillerson va Lavrov suhbati tafsilotlarini oshkor qilishni istamagan. 

28 iyulda RF TIV tarqatgan bayonotda aytilishicha, Rossiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarga javoban Amerika diplomatlari sonini 455 kishiga qisqartiradi va 1 avgustdan diplomatlar dachasidan foydalanishni taqiqlaydi.

2016 yil dekabrida AQShning o‘sha vaqtdagi ma'muriyati Rossiyaning 35 nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborishga va Rossiyaning ikkita diplomatik dachasini yopishga ko‘rsatma bergan edi. 

Top