16:36 / 29.07.2017
13981

Falastin prezidenti Mahmud Abbos shifoxonaga yotqizildi

Falastin prezidenti Mahmud Abbos rejali tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda uning matbuot kotibi xabar berdi, deb ma'lum qildi Associated Press.

Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Abbos Ramallohdagi shifoxonada bir necha soat davomida tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Agentlikning ta'kidlashicha, Abbosda ilgari yurak bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan. Bir yil avval esa shifokorlar uning yuragida favqulodda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishgandi.

Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, Mahmud Abbos shifoxonani tibbiy tekshiruvdan so‘ng tark etgan. Bu haqda Falastinning WAFA agentligina mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Javod Avad xabar bergan.

"Prezident tibbiy tekshiruvdan so‘ng shifoxonani tark etdi. Bunday tibbiy tekshiruv har yarim yilda o‘tkaziladi, hamda uning natijalari yaxshi chiqdi – ularning ko‘rsatishicha, prezidentning sog‘lig‘i juda yaxshi holatda", - deya ma'lum qilgan Avad.

Avvalroq Mahmud Abbos falastinliklarni Ibodat tepaligiga qaytishga chaqirgandi.

Mavzuga oid
Top