08:40 / 29.07.2017
5542

Xelsinkida haydovchi mashinasida olomon ustiga bosib bordi

Finlyandiya poytaxti Xelsinki markazida haydovchining o‘z yuk mashinasini odamlar ustiga haydashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va 4 kishi jarohat oldi.  

50 yoshli haydovchi politsiya tomondan qo‘lga olingan. Taxmin qilinishicha, u mast holatda bo‘lgan.

Barcha jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilganlar. Huquq-tartibot idoralari yo‘l-transport hodisasi tafsilotlarini aniqlashtirmoqdalar.

Voqea yuz bergan Lennrot ko‘chasi to‘sib qo‘yilgan, deb xabar bermoqda Helsingin Sanomat.

Top