23:43 / 29.07.2017
36273

Klichko va Joshua o‘rtasidagi revansh jangi sanasi ma'lum bo‘ldi

Foto: © REUTERS/Andrew Couldridge Livepic

Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko va britaniyalik  Entoni Djoshua o‘rtasidagi revansh jang 11 noyabrda Las-Vegasda (AQSh, Nevada shtati) o‘tkaziladi. Bu haqda Boxrec butunjahon boks bazasi ma'lumotlari xabar beradi. 

Jang shaharning eng katta arenasi T-Mobile‘da o‘tkaziladi, u 20 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Xuddi shu maydonda 26 avgust kuni amerikalik Floyd Meyuezer va irlandiyalik Konor Makgregor uchrashadi.

Klichko va Djoshua o‘rtasidagi jangda hozirgi vaqtda britaniyalik egalik qiladigan Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA Super), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) va Xalqaro boks tashkiloti (IBO) versiyasi bo‘yicha jahon chempioni unvonlari o‘ynaladi.

Klichko va Djoshua o‘rtasidagi birinchi jang 30 aprelga o‘tar kechasi Londonning «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tgan va britaniyalik 11-raundda texnik nokaunt bilan g‘alaba qilgan. Ikkala bokschi ham jang davomida nokdaund holatiga tushganlar. 

Mavzuga oid
Top