08:26 / 29.07.2017
7003

Nyu-Yorkda parom pirsga urilishi oqibatida 30 kishi jabrlandi

28 iyul kechki payt Nyu-Yorkda noodatiy avariya yuz berdi: parom Manxetten g‘arbidagi pirsga urildi. Buning oqibatida 30 kishi jarohat olgan.

NBC telekanalining shahar o‘t o‘chirish xizmatiga iqtisob keltirgan holda ma'lum qilishicha, jabrlanganlardan hech kim hayot uchun xavfli jarohat olmagan.

Yo‘lovchilar asosan lat yeyish jarohatlari olishgan. Bir kishi voqea joyidan zambillarda olib ketilgan.

Voqea joyida tez yordam, politsiya va qutqaruvchilar brigadalari ish olib borganlar. 

Tergovchilar avariya sababini aniqlashlari kerak bo‘ladi. 

Mavzuga oid
Top