20:35 / 29.07.2017
36477

«Tolibon» jangarilari Afg‘oniston janubidagi to‘g‘onni portlatib yuborishdi

«Tolibon» radikal harakati jangarilari 29 iyulda Afg‘onistonning Qandahor viloyatidagi to‘g‘onni portlatib yuborishdi va katta ko‘lamdagi qishloq xo‘jaligi yerlarini suvsiz qoldirishdi, deb xabar bermoqda Khaama Press.     

To‘g‘onning vayron bo‘lishi mahalliy aholi orasida sarosima uyg‘otdi. Ular yer maydonlarining suvsiz holati yomonlashishidan xavotirlanmoqdalar. 

Axborot agentligining ta'kidlashicha, toliblar ushbu hodisaga izoh berishmagan.

Afg‘onistondagi vaziyat oxirgi oylarda yomonlashgan. Avvalroq mamlakatning qishloq joylardagi katta hududini egallab olgan “Tolibon” yirik shaharlarga hujum boshlagan. Shuningdek, mamlakatda IShIDning ta'siri kuchaygan.    

Avvalroq toliblar Qandahordagi harbiy lagerga hujum amalga oshirishgandi. Hujum oqibatida 26 harbiy halok bo‘lgan. 

Top