14:54 / 29.07.2017
9537

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi mahalliy eksportyorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi

“O‘zagroeksport” aksionerlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 7 apreldagi Qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibiga kiradi.

Kompaniya faoliyati asosan sanoat mahsulotlari va xizmatining mahalliy eksportyorlarini, birinchi navbatda yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.

O‘zagroeksport – bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi O‘zbekiston Respublikasining yetakchi kompaniyasidir. Kompaniya dunyoning 50 dan ziyod mamlakatlarida amaldagi shartnomalarga ega. Biz Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Ukraina, Belorusiya, Hindiston, Koreya, BAA va boshqa ko‘plab davlatlar bilan keng miqyosli hamkorlik aloqalarini o‘rnatdik.

O‘zagroeksport hukumatlararo har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, meva-sabzavot mahsulotlari hajmini oshirish, ular assortimenti va eksport geografiyasini kengaytirish borasida samarali faoliyat yuritmoqda.

Mustahkam aloqa o‘rnatish maqsadida, biz faqatgina o‘z davlatlari bozorlarida hurmatga sazovor bo‘lgan ishonchli hamkorlar bilan qisqa va uzoq muddatli shartnomalarni tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha faoliyat olib boramiz.

“Aqlli” logistika – bizning yana bir yutug‘imizdir. O‘zagroeksport logistika nuqtai nazaridan to‘liq ta'minlangan: mahsulotlar aviatransport, temiryo‘l va avtomobil yo‘llari orqali yetkazib beriladi.

O‘zagroeksport kompaniyasi mahalliy eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlaydi va quyidagi masalalarda yordam ko‘rsatadi:

- asosiy fondlarni shakllantirish va yangilash uchun tijorat banklaridan imtiyozli kredit olish;

- eksportyorlarga davlat imtiyozlari va preferensiyalarini taqdim qilishda xususiy biznes vakillari va Respublika hukumati o‘rtasida aloqa o‘rnatish va rasmiylashtirishga ko‘maklashadi;

- marketing tadqiqotlari ko‘rinishida turli bozorlar, alohida tovarlar va yo‘nalishlarni qisqa va uzoq muddatli baholash tahlillarini amalga oshirish;

- oziq-ovqat sanoati korxonalarini mamlakat hududlari bo‘yicha ratsional joylashtirishni aniqlash. Bunda mahsulot raqobatbardoshligini shakllantiruvchi logistika xarajatlarini minimallashtirish, raqobat muhiti va boshqa faktorlar inobatga olinadi;

- mahsulotlarni “O‘zagroeksport” AJ ning savdo uylari orqali ilgari surish va sotish, shu jumladan o‘ta xavfli bozorlarda ham;

- mahalliy va xalqaro ko‘rgazmalar, savdo maydonchalarida ishtirok etishni tashkil qilish va qo‘llab-quvvatlash;

- mahsulotlarni internet tarmog‘ida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda (Feysbuk, Vkontakte, Odnoklassniki va bshq.) professional darajada ilgari surish.

O‘z mahsulotini tashqi bozorlarga ko‘rsatish va yetkazib berishga tayyor bo‘lgan barcha ishlab chiqaruvchilarni hamkorlikka chorlaymiz. Bizning shior: “Bo‘lsang, birinchi bo‘l”.

Ho‘l va qayta ishlangan meva, sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari eksporti bilan bog‘liq barcha masalalarda maslahat berishga tayyormiz.

Keling eksportni birga amalga oshiramiz.

Mavzuga oid
Top